avatar
Куч
256.54
Рейтинг
+107.88

Pozilov Nozimjon Qosimjonovich

Мақолалар

“Нуронийлар эъзозимизда”

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан
“Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракати Тошкент ислом университети бошланғич ташкилоти томонидан ташкил этилган ҳаракат аъзолари ва фаолларидан иборат “Нуронийлар эъзозимизда” номли патронаж ёшлар гуруҳлари томонидан 4 май Шайхонтоҳур тумани “Кох ота” маҳалла фуқаролар йиғинида истиқомат қилувчи Раҳимахон ая Муҳамедова ҳолидан хабар олиб қайтдилар.

Yurtimizga xush kelding Navro’zi olam!

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

Mana o’lkamizga fasllar kelinchagi bo’lmish bahor fasli ham kirib keldi. Asta sekinlik bilan tabiat ham uzoq uyqudan so’ng o’z go’zalligini namoyon eta boshladi. Bir tomonda daraxtlar gullagan, bir tomonda yam-yashil maysalar quyosh tomon bo’y cho’za boshlagan, bir tomonda esa bobodehqonlarimiz dalalarda javlon urib mehnat qilishmoqda. Bahor faslning o’ziga xos bayramlari bor. Bu bayramlar ichida eng go’zali esa yashnash, yasharish bayrami bo’lmish Navro’zi olamdir. Ho’sh, Navro’z qanday bayram?, Navro’z yurtimizda qachondan beri nishonlanib kelinadi? kabi savollar barchamizni qiziqtirsa kerak.

Toshkent Islom universiteti Sulton Qobus universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан
 
        Toshkent islom universiteti O'monning Sulton Qobus universiteti bilan ilmiy-akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi
Foto: commons.wikimedia.org

        Toshkent islom universiteti rektori prof.Ravshan Abdullayev 25-fevral, chorshanba kuni O'mon universiteti rektori Ali bin Saud al Bimaniy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv Masqatda bo‘lib o‘tdi.

       Muzokaralar chog‘ida tomonlar talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek birgalikdagi tadqiqotlar orqali ilmiy-akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

Pozilov Nozimjon MG'MAHT yo'nalishi 2-bosqich talabasi 

Manba: www.tiu.uz

"Mening biznes g‘oyam”

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

"Mening biznes g‘oyam" tanlovida qatnashing!

O‘zbekiston «Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika Markaziy banki, Savdo-sanoat palatasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, „Mikrokreditbank”, “Agro4bank”, „Qishloq qurilish bank”, “Ipoteka bank”, »O‘zbekiston sanoat-qurilish banki”, «Asaka” kabi tijorat banklari, Fermerlar Kengashi hamda Hunarmand uyushmasi bilan hamkorlikda

                                                                   »Mening biznes g‘oyam” tanlovini

                                                                                E’LON QILADI

El-yurt ishonchi yuksak sharaf!

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

       Bizning eng katta ishonchimiz, madad tayanchimiz  bu o’sib kelayotgan yosh avloddir.

I.A.Karimov

       Bugungi kunda O’zbekiston mustaqilligi qo’lga kiritilganligiga atigi 23 yil to’lgan bo’lsada, Vatanimizning tanlagan yo’li dunyoning eng rivojlangan davlatlari tomonidan ham eng maqbul yo’l sifatida tan olinmoqda. Prezidentimiz mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq o’sib kelayotgan avlodni haqiqiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratdi. Bugungi kunda jamiyatimizning qaysi sohasiga qaramaylik u xoh ta’lim sohasida bo’lsin, xoh ichki ishlar sohasida, xoh mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Bunda bevosita yoshlarning o’rni beqiyosdir.

Jaholatga qarshi ma'rifat

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

 Bugungi kunda insoniyat hayotiga turli xildagi tabiat kuchlari ya’ni to’fon, sel, yer qimirlash, qor ko’chishi, sunami va boshqa ko’plab mana shunday kuchlar havf solmoqda. Ammo shunday kuchlar borki u insoniyatga tabiat hodisalaridan ham ko’proq  zarar yetkazmoqda. Bu isoniyat tomonidan keltirilayotgan havf  ya’ni diniy ekstremistik va terroristik kuchlarning havfidir.

         Ekstremizmning mazmuni va mohiyati to’g’risida fikr yuritilsa, aytish mumkinki, jamiyatda qabul qilingan va faoliyat ko’rsatayotgan qonun — qoidalarga mos kelmaydigan va ularga zid bo’lgan g’oyalar «ekstremistik» hisoblanadi. Dinning qandaydir bir yo’nalishini buzgan holda talqin etib, siyosiy maqsadni ko’zlovchi harakat diniy ekstremizmga olib keladi. Diniy ekstremizm qanday nomlanmasin yoki qanday ko’rinishga ega bo’lmasin, uning asosiy maqsadi jangari guruhlarni shakllantirish orqali hokimiyatni qo’lga olishdan iboratdir. Bunday  havfli illatdan O’zbekiston  mamlakati  ham  to’lig’icha  holi bo’lmaganligini    yurtboshimiz  Islom  Karimov  Konstitustiyamizning  13 yilligiga  bag’ishlangan  tantanali  marosimda so’zlagan  nutqida  ta’kidlaganidek,-  «Yana bizga  shunisi  ham  yaxshi ma’lumki, qo’lga  kiritayotgan  yutuqlarimiz  g’animlarga, bizga  o’zini  hayrihoh  ko’rsatuvchi aslida  esa  erishgan  yutuqlarimizdan  g’ashi kelayotgan  ba’zi do’stlarimizga  yoqmaydi. Hayotimizdagi yangilanishlar  ularning  asablarini  buzadi, halovatini  o’g’irlaydi. Ayrimlar  bu holatni mevali  daraxtga  tosh  otiladi  degan naql bilan izohlashar, lekin mamlakatimiz tomon  «otilayotgan» goh mafkuraviy, goh  axborot  xuruji  tarzidagi  bu toshlar,  tassufki  oddiy  emas. Bu  «tosh» g’araz, hasad, adovat, xusumat, yovuzlik, hudbinlik  singari  irqiy  illatlardan  tashkil topgandir. Shuning  uchun  ham  u xavflidir, zulmatga  eltuvchidir».  

Globallashuv jarayonida axborot olish uni tarqatishning turli usullaridan foydalanilmoqda. Diniy ekstremistik va terroristik kuchlar o’zlarining yovuz maqsadlarini amalga oshirishda turli xil usullardan, jumladan, internetdean keng foydalanishmoqda. Buning asosiy sabablari quyidagilar:

Birinchidan, internetdan foydalanish juda qulay, chunki, u joy, vaqt tanlamaydi.

Ikkinchidan, foydalanuvchining noma’lumligi, ya’ni internetda foydalanayotgan odam o’zi haqidagi ma’umotlarni hech kimga bildirmaydi yoki ushbu ma’lumotlarni yolg’on ma’lumotlarga o’zgartiradi.

Uchinchidan, internetning keng qamrovligi, ya’ni internetdan butun dunyo bo’yicha global tarmoqdan foydalanuvchilar soni yil boshida 1 milliard 20 million 610 ming kishini tashkil etgan. Agar bu ko‘rsatkichni, o‘tgan yil ma'lumotlari bilan solishtiradigan bo‘lsak, internet foydalanuvchilari soni joriy yilda 19,5 foizga ko‘payganini ko‘rish mumkin. Bu ko’rsatkich O‘zbekistonda 11 milliondan oshgan. Bu, o‘rtacha har uchinchi o‘zbekistonlik internetdan foydalanadi, degani.

Mana shularni hisobga olgan holda Prezidentimiz Islom Karimov o’z nutqida “Internetni yopib bo'lmaydi. Yoshlarni dunyodan temir devor bilan ajratib bo'lmaydi. Ularni mafkuraviy hurujlardan himoya qilish uchun yoshlar ongida milliy g’oyani shakllantirish kerak ” degan edi. 

Pozilov Nozimjon «Milliy g'oya,

ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi»

yo'nalishi 2-bosqich talabasi

Sizga ta'zim, sizga ehtirom!

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

         Dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o`qituvchilik va murabbiylikdir.

                                                                                                                             I.A. Karimov

         Ustoz!  Shu birgina  so`z  zamirida  olam-olam ma'no va hurmat mujassam. Ustoz! Bu so’zni eshitganimizda qo`llarimizga ilk bor qalam tutqazib, «Ota», «Ona», «Vatan», “Muallim” kabi so`zlarni yozishga o`rgatgan buyuk  zotlar ko’z oldimizda gavdalanadi. Ularga qanchalik hurmat ko’rsatsak, qanchalik ardoqlasak shuncha oz. Chunki ustozlar bizga bor mehrini, bilimlarini baxshida etib faqat va faqat yaxshilikka chorlovchi haqiqiy zahmatkash insonlardir.

         Ustozlarning bergan bilimlari yordamida bizda hayotga nisbatan qiziqish ortgan. Ota-onamizga nisbatan mehrimiz, o’zimiz tug’ilib o’sgan Vatanga nisbatan vatanparvarlik xissimiz jo’sh urgan.

        Vaqti kelib biz ham Vatan uchun kerakli inson bo’lib, jamiyatda o’z o’rnimizga ega bo’lib ketarmiz, lekin bunday darajalarga erishimizda ustozdek buyuk zotlarning mehnatlari yotganini hech qachon unutmaymiz.

        Ustozim, qalbimning farishtasi, nomingiz dillarda boqiy qolguvchidir, mehringiz yurakka malham bo‘lguvchidir, siz-la qalb saroyi charog‘on! Bayramingiz muborak mehribonim…

   Pozilov Nozimjon “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Ўзбекистон Республикаси мисолида давлат ҳокимияти ва сиёсат.

Toshkent islom universiteti bitiruvchilari
Илм-фан

Ўзбекистон давлат мустақиллигининг қўлга киритилиши муҳим ижтимоий–сиёсий, тарихий ва оламшумул воқеа бўлди. Мустақиллик туфайли мамлакатимизда бозор иқтисодиётига ва умуминсоний қадриятларга асосланган кучли демократик ҳуқуқий давлат, одил фуқаролик жамияти қуриш жараёни босқичма-босқич амалга оширилмоқда.

Демократик жамият қуриш ўз моҳиятига кўра умумжаҳон циви­лизацияси ютуқларида юксак тараққий этган мамлакатлар тажрибаларига ҳамда миллий анъаналарга асосланган.

Янги давр давлат мустақиллигини мустаҳқамлаш, демократик ислоҳотларни чуқурлаштириш ҳамда маънавиятни юксалтириш каби маъсулиятли вазифаларни кўндаланг қилиб қўйди.

Президент Ислом Каримов асарларида, маъруза ва нутқларида демократик жамият қуришнинг назарий-амалий асослари ишлаб чиқилди ва халқимиз томонидан амалга оширилмоқда.

Республикамизнинг мустақил давлат деб эълон қилиниши билан жамиятимизда сиёсий ислоҳотлар авж олиб кетди. Ўзбекистонда демократик ҳуқуқий давлат қуришнинг назарий асослари ва уларни ҳаётга татбиқ этиш йўллари ишлаб чиқилди. Шунга мувофиқ, республикамизда эски маъмурий-буйруқбозликка асосланган ҳокимият тизимидан миллий давлатчилик тизимига ўтиш механизми яратилди.

         Ўзбекистонда демократик жамият қуриш каби олий мақсаднинг танланиши мустақиллик билан боғлиқ. Мустақиллик қўлга киритилмаганида, Ўзбекистон ўз тараққиёти йўлини ўзи танлай олмас эди. Мустақилликнинг қўлга киритилиши Ўзбекистон олдига маъсулиятли вазифани қўйди.

Ўзбекистон қандай давлат қуради? Дунё жамоатчилиги ҳам бунга алоҳида эътибор билан қаради. Ўзбекистоннинг истиқлоли ва инсонларнинг тақдири ҳам, уларнинг қандай ҳаёт тарзига эга бўлиши, миллий-маънавий мерос билан умумбашарий тамойилларнинг уйғунлигини таъмилаш ҳам, унинг олдида кўндаланг бўлиб турган давлатчилик қурилишининг қандай асосда амалга оширилиши билан бевосита  боғлиқ  эди.

          Ўзбекистон исломий давлат қуриш эмас, дунёвий давлат қуриш йўлини танлади. Бунинг ҳам ўзига хос сабаблари мавжуд.

Маълумки, Ўзбекистон Ўрта Осиёда исломга эътиқод қилувчи энг қадимий заминлардан бири бўлиш билан бирга, мусулмончилик илмининг ислом оламида ҳамма тан олган анъаналарига ҳам эга. Ислом маданияти бир неча асрлар давомида ўзбек халқи маънавиятининг асоси бўлиб келган, ҳозир ҳам шундай. Шу билан бирга, Президент И.А.Каримов, Ўзбекистон учун мамлакатни дунёвий асосда ривожлантириш, дунёвий давлат қуриш йўлидан боришга алоҳида аҳамият бериб келмоқда. Бу демократик давлат қурилишида муҳим. Бу масалада И.Каримов шундай дейди: “Биз, дин бундан буён ҳам аҳолини энг олий руҳий, ахлоқий ва манавий қадриятлардан тарихий ва маданий меросдан баҳраманд қилиши  тарафдоримиз. Лекин биз ҳеч қачон динимизни курашга, сиёсат, иқтисодиёт ва қонуншуносликка аралашиш учун байроқ бўлишга йўл қўймаймиз. Чунки бу ҳолни давлатимиз хавфсизлиги, барқарорлиги учун жиддий хавф-хатар деб ҳисоблаймиз”.

Ўзбекистонда давлат ва жамият қурилишининг ҳуқуқий асослари унинг Ўзбекистон Республикасининг Конституциясида кабул қилиниб, ушбу Конституцияда Ўзбекистон Республикасида давлат ҳокимияти аниқ қилиб белгилаб қўйилди. Жумладан, Ўзбекистон Республикасининг Конституциясининг 11 моддасида: «Ўзбекистон Республикаси давлат ҳокимиятининг тизими — ҳокимиятнинг қонун чиқарувчи, ижро этувчи ва суд ҳокимиятига бўлиниши принципига асосланади», дейилган.

Ўзбекистон Республикасининг Конституциясининг 7 моддасида:

«Халқ давлат ҳокимиятининг бирдан бир манбаидир.

Ўзбекистон Республикасида давлат ҳокимияти халқ манфаатларини кўзлаб ва Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ҳамда унинг асосида қабул қилинган қонунлар ваколат берган идоралар томонидангина амалга оширилади.

Конституцияда назарда тутилмаган тартибда давлат ҳокимияти ваколатларини ўзлаштириш, ҳокимият идоралари фаолиятини тўхтатиб қўйиш ёки тугатиш, ҳокимиятнинг янги ва мувозий таркибларини тузиш Конституцияга хилоф ҳисобланади ва қонунга биноан жавобгарликка тортишга асос бўлади»

Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А. Каримов Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги “Бизнинг бош мақсадимиз жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир” мавзусидаги маърузасида “Давлат қурилиши ва бошқарув соҳасидаги энг муҳим вазифа бу — қонунчилик ҳокимияти бўлмиш мамлакат Парламентининг роли ва таъсирини кучайтириш, ижро ва суд тармоқлари Ўртасида янада мутаносиб ва барқарор мувозанатга эришишдан иборат”, деган эди.